Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ASOSSIZ MISh-MIShLAR!

14-dekabr, 2021·1 min o'qish
IMG_20211214_203742_299

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyning "Qizilqum" jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov joriy yilning 31 dekabrda klub bilan tuzilgan shartnoma muddati tugayotgani, shu sababli yangi jamoa axtarayotgani,shu jumladan, "Neftchi" klubi unga qiziqish bildirayotgani haqida har hil mish-mishlar keng tarqalmoqda. "Neftchi" PFK shuni maʼlum qiladiki, bu mish-mishlarda hech qanday asos yoʻq. Fargʻona jamoasi oʻz rejasi boʻyicha yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Bu borada aniq oʻzgarishlar yuz bersa biz albatta oʻz rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali xabar beramiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar