Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"ARAL SAMALI" - "NEFTChI" PREVYu

11-aprel, 2021·1 min o'qish
IMG_20210411_091918_460

"Neftchi"ning 12 aprel sanasidagi raqibi "Aral Samali" klubiga 1976 yilda asos solingan. Dastlab "Amudaryo" nomi bilan harakatlangan jamoa,1992 yilda yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston chempionati bahslarida "Aral" nomi bilan oʻz yurishini davom ettirgan. Aytib oʻtish joizki,sobiq ittifoq davridan boshlab hozirgi kungacha Qoraqalpogʻiston jamoasining nomi bir necha marta oʻzgartirilgan boʻlib, 2000 yilda "Turon", 2007-11 yillarda "Jayhun", 2012-19 yillarda "Aral" va oʻtgan 2020 yildan boshlab "Aral Samali" nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekiston chempionati doirasida "Neftchi" futbol klubi Qoraqalpogʻiston jamoasi bilan faqat Oliy liga birinchiligida oʻzaro 10 ta uchrashuv oʻtkazgan boʻlib, barchasida gʻalaba qozongan. Umumiy toʻplar nisbati 30-4. Quyida jamoalarning milliy chempionatimizdagi qayd etgan natijalarini koʻrsatib oʻtamiz. 20.04.1992 "Neftchi"-"Aral" 1:0 07.10.1992 "Aral"-"Neftchi" 0:3 27.03.1993 "Aral"-"Neftchi" 2:3 29.10.1993 "Neftchi"-"Aral" 4:0 27.03.1994 "Aral"-"Neftchi" 1:3 20.11.1994 "Neftchi"-"Aral" 5:1 10.05.2000"Turon"-"Neftchi"0:1 12.09.2000"Neftchi"-"Turon"5:0 13.03.2001"Turon"-"Neftchi"0:2 24.11.2001"Neftchi"-"Turon"3:0 "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar