Yangiliklarga qaytish
Umumiy

APL jamoalar sardorlari bilan konferensiya oʻtkazadi

4-aprel, 2020·1 min o'qish

Angliya Premyer-ligasi rahbariyati barcha klublar sardorlari bilan futbolchilar maoshini kamaytirish masalasini muhokama qilish uchun konferensiya oʻtkazadi, deb yozadi The Telegraph. 4 aprel kuni boʻlib oʻtadigan yigʻilishda koronavirus pandemiyasi tufayli oʻyinchilar maoshini 30 foizga kamaytirish masalasi muhokama qilinadi. Anjumanda Angliya professional futbolchilar assosiasiyasi ijrochi direktori Gordon Teylor ham ishtirok etadi. Agar tomonlar kelisha olishmasa, bu klublarga bosimning kuchayishiga olib keladi. Bunday vaziyatda klublarning oʻzlari toʻlovni kamaytiradilar yoki iloji boricha tezroq chempionatni davom ettiradilar. Manba: tribuna.uz

Ulashish

O'xshash yangiliklar