Anvar Soliev "Neftchi" da ish boshladi.

Barchamizga oʻzining "Paxtakor", "Navbahor", "Bunyodkor" jamoalari va Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi yorqin oʻyinlari orqali yaxshi tanilgan futbolchi, qolaversa Ilhom Moʻminjonov bilan birgalikda "Paxtakor" yoshlar jamoasida yordamchi murabbiy, "Navbahor" va "Surxon" klublarida maslahatchi murabbiy boʻlib birga ishlagan Anvar Soliev endilikda "Neftchi" murabbiylar shtabida ish boshladi. Anvar Soliev Ilhom Moʻminjonovga yordamchi murabbiy sifatida koʻmaklashadi. Shu oʻrinda "Neftchi" jamoasida tayyorgarlikning Toshkentdagi birinchi bosqichi yakunlandi va jamoa aʼzolari Fargʻonaga qaytib keldilar. Mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Fargʻonada davom ettiriladi. Jamoaga yangi futbolchilarining kelib qoʻshilishi va koʻrikdan oʻtishi davom etmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarimizdagi saxifalarimizni kuzatib boring. "Neftchi" FK matbuot xizmati