AGMK – “NEFTChI” PREVYu

Ertaga Oʻzbekiston Sosa-Sola kubogi 1/8 final uchrashuvi doirasida “Neftchi” Olmaliqda AGMK mehmoni boʻladi. Ushbu bahsga qadar jamoalar Oʻzbekiston chempionati doirasida 24 marta oʻzaro toʻqnash kelishgan. Bu uchrashuvlarning 12 tasida fargʻonaliklar gʻalaba qozongan boʻlsa, 6 ta oʻyinda AGMK jamoasining qoʻli baland kelgan va 6 ta bahsda jamoalar murosa yoʻlini tanlashgan. Toʻplar nisbati 43/29 “Neftchi” foydasiga. Fargʻonaliklarning eng yirik gʻalabasi 2013 yilning Oliy liga bahsiga toʻgʻri keladi va ushbu oʻyinda “Neftchi” 4:0 xisobida zafar quchgan. AGMK ning eng yirik gʻalabasi 2016 yilgi chempionat uchrashuvida 3:0 hisobida koʻrinish olgan. Olmaliq shahrining jamoasi 2018 yilga qadar “Olmaliq” nomi ostida xarakat qilgan va 2018 yildan eʼtiboran AGMK brendi ostida faoliyat yuritib kelmoqda. Eʼtiboringizga Olmaliqda boʻlib oʻtgan soʻnggi 4 uchrashuvning natijalarini havola etamiz: 26.10.2015 “OLMALIQ” – “NEFTChI” 3:3 08.05.2016 “OLMALIQ” – “NEFTChI” 3:0 30.09.2017 “OLMALIQ” – “NEFTChI” 1:2 08.07.2018 AGMK – “NEFTChI” 2:2 "NEFTChI" MATBUOT XIZMATI