Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ABDUSAMAD DURMONOVNI TABRIKLAYMIZ!

15-noyabr, 2020·1 min o'qish
519648_original

Bugun "Neftchi" jamoasining bosh murabbiyi Abdusamad Durmonovning tavallud ayyomi. Abdusamad Chorshanbievich 55 yoshini qarshilamoqda. Bir vaqtlar mohir futbolchi sifatida "Neftchi" jamoasini mamlakat chempionligiga olib kelish uchun qanday jonbozlik koʻrsatgan boʻlsa, endilikda fidoiy murabbiy sifatida ana shu jamoani Superligaga olib chiqish uchun butun kuchi, mahorati va tajribasini ishga solmoqda. Jamoaga yosh iqtidorlarni jalb etmoqda. Shu munosabat bilan "Neftchi" futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi,futbolchilar, ishchi-xodimlar va koʻpming sonli muxlislari nomidan unga bu olijanob faoliyatida ulkan zafarlar, mustahkam salomatlik va omad yor boʻlishini tilaymiz. Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, Abdusamad Chorshanbievich! "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar