Abdusamad Doʻrmonov: "Yosh futbolchilar bunday oʻyinlar orqali oʻsishga erishadi"

Pro liganing 11-turidan oʻrin olgan "Neftchi" - "Shoʻrtan"(1:2) uchrashuvidan soʻng mezbon jamoa bosh murabbiyi Abdusamad Doʻrmonov fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. "Oʻyinimiz oʻxshamadi. Pro liga ikkinchi sentyabrdan restart olgan boʻlsa, shundan beri harakat qilmoqdamiz. Har bir oʻyinga tayyorgarlik koʻrib kuchli ishtiyoq bilan oʻynayotgan edik. Bugun shu narsa bizda kamlik qildi. Bu - futbol, oʻzimiz yaratgan havli vaziyatlardan foydalana olmadik. "Shoʻrtan" yoʻq joydan ikki marotaba qarshi hujumlarda jazoladi. Futbolchilarga hech qanday eʼtirozim yoʻq, maydonda borini berishdi. Hali umid yoʻqotilgani yoʻq. Yoshlar shunday oʻyinlar orqali oʻsishadi. Futbolchilarni almashtirmoqdamiz, ularning koʻplari oʻyin tonusida emasdi. Harakat qildik, gʻalaba uchun maydonga tushgandik. Bu oʻyin, shunday boʻlib qoldi. Ikkinchi boʻlimda ham vaziyatlar yaratdik. Lekin, urolmadik",- deydi Doʻrmonov. Manba: championat.asia