Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Abdusamad Doʻrmonov: "Bunday oʻyinlarda ishtiyoq va xohish kuchli boʻlishi kerak"

6-noyabr, 2020·1 min o'qish
IMG_20200910_210431_557

Pro liga 15-turdan oʻrin olgan "Shoʻrtan" - "Neftchi"(1:2) uchrashuvidan soʻng mehmonlar bosh murabbiyi Abdusamad Doʻrmonov fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Oʻyin qiyin boʻlishini oldindan bilgan edik. Bunga qadar uch marotaba "Shoʻrtan" bilan toʻqnash kelgan edik. Oʻyin sifatini olib qaraydigan boʻlsak konsentrasiyani va toʻpni yoʻqotdik. Uchrashuvdan oldin yigitlarga barchasini tushuntirgandik. Bunday uchrashuvlarda ishtiyoq va xohish birinchi oʻrinda turishi kerak. Urgan gollarimiz bizga biroz boʻlsada ishonch berdi. Oxirgi daqiqalarda darvozamizdan toʻp olib chiqdik, kuchli bosim yuzaga keldi. Yigitlarni gʻalaba bilan tabriklayman",- deydi Doʻrmonov. - "Neftchi" bu tarkibi va koʻrsatayotgan oʻyini bilan Superligaga qayta oladimi? - Oldinda yana beshta uchrashuv bor. Agarda shu zayilda davom eta olsak, xohish va ishtiyoq kuchli boʻlsa Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishimiz mumkin. Lekin oson boʻlmaydi. Jamoa oldiga maksimal vazifa qoʻyilgan. - Mansur Saidov bu yil faoliyatini tugatadimi yoki davom ettiradimi? - Mansur Saidov tajribali futbolchi. Maydonda boʻlgan vaqtda tajribasidan kelib chiqib koʻp narsa bermoqda. Oldinda hamma narsa boʻlishi mumkin. Shuningdek uning xohishiga ham bogʻliq. - "Mashʼal" Superligaga qaytdi bu mavsum. Ammo oxirgi turlarga bora olmasligi haqida gaplar tarqalddi. "Neftchi" Superligaga aniq maqsad bilan qaytadi. Klubning hozirgi moddiy holati qanday? - Muborak jamoasi haqida gapirish mening vakolatim emas. Men u yerda nimalar boʻlayotganini bilmayman. "Neftchi" Superligada koʻp yillar davomida ishtirok etgan. Jamoani Superligada ishtirok etishini istayotgan koʻplab muxlislar bor. Bu ham jamoaga motivasiya beradi. Oʻylaymanki hammasi yaxshi boʻladi. Qolganini vaqt koʻrsatadi.

Manba : championat.asia

Ulashish

O'xshash yangiliklar