Abdul Aziz Yusupov rasman "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi.
26-yanvar, 2021·1 min o'qish

Fargʻonalik muxlislar uchun yaxshi tanish boʻlgan futbolchi Abdul Aziz Yusupov yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi. Oʻtgan mavsumni Superliga vakili sifatida "Lokomotiv" jamoasida oʻtkazgan futbolchi yangi mavsumni fargʻonaliklar tarkibida davom ettiradi. Maʼlumot uchun, Abdul Aziz Yusupov shu kungacha "Lokomotiv" 2020 yil "Surxon" 2019 yil "Neftchi" 2018 yil "Sementchi" 2017 yil "Qoʻqon-1912" 2016 yil "Paxtakor" 2013 yillari shu jamoalarda faoliyat olib borgan. Abdul Aziz Yusupovga yangi mavsumda omad va zafarlar tilab qolamiz "Neftchi" FK matbuot xizmati