8-DEKABR OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYaSI KUNI
8-dekabr, 2020·1 min o'qish

Aziz yurtdoshlar! "Neftchi" futbol klubi butun Oʻzbekiston ahlini bugungi ayyom- mamlakatimiz Konstitusiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Konstitusiyamiz xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkuri hisoblanib, yangi avlodlar uchun hayot qomusi,davrning dolzarb muammolarini yechish yoʻlida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. Fursatdan foydalanib,Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida samarali mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni Konstitusiyamizning qutlugʻ bayrami bilan tabriklaymiz.Sizlarga sihat-salomatlik,oilaviy xotirjamlik va baxt-saodat tilaymiz. Yurtimiz tinchligi,osmonimiz musaffoligi hech qachon bizni tark etmasin. "Neftchi" matbuot xizmati