2019 yili agentlarga eng koʻp pul sarflagan A Seriya klublari maʼlum boʻldi
2-aprel, 2020·1 min o'qish
Italiya futbol federasiyasi A Seriya klublarining 2019 yilda agentlarga sarflagan xarajatlari haqida hisobot eʼlon qildi, deb yozadi La Gazzetta dello Sport. Umumiy hisobda A Ceriya klublari vositachilarga 187 mln 851 ming 487 yevro toʻlashgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16,3 mlnga koʻproqdir. Italiya klublari orasida agentlar uchun eng koʻp haq toʻlagan klub «Yuventus»dir – 44,3 mln yevro. Yana 3ta klub agentlar uchun 10 mln yevrodan koʻproq sarflagan: Inter – 31,8 mln yevro, «Roma» – 23,2 mln, «Milan» – 19,6 mln. V Seriya klublari esa umumiy hisobda 19 mln 425 ming 314 yevro toʻlashgan. Manba: tribuna.uz