1-TUR BOShLANISh VAQTI ANIQ BOʻLDI
18-mart, 2021·1 min o'qish

Xabaringiz bor, 12 mart kuni Toshkentda Pro liga-2021 futbol mavsumiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi va unga koʻra Ilhomjon Moʻminjonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi 1-tur bahsini Pro liga debyutanti Toshkentning "Olimpik" klubiga qarshi oʻtkazishi belgilandi Bugun ushbu uchrashuvning boshlanish vaqtiga oydinlik kiritildi Demak, "Neftchi"-"Olimpik" bellashuvi 22 mart kuni markaziy "Istiqlol" stadionida soat 18:00 da start oladi "Neftchi" matbuot xizmati