"NEFTCHI"

Professional footbal сlub



O‘zbekiston U-21 birinchiligi 7-turida “Neftchi” yoshlar jamoasi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida mezbonlar ustidan 2:1 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv boshida hisobda ortda qolgan jamoamiz tezda o‘ziga keldi va birinchi bo‘lim yakunida Azizbek Muratov hisobni tenglashtirdi. O‘yin davomida tashabbus asosan “Neftchi” tomonida bo‘lib, jamoamiz hujumkor va ishonchli futbol namoyish etdi.
Ikkinchi bo‘limda ham yoshlarimiz bosimni davom ettirib, bir necha bor golga yaqin vaziyatlar yaratdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida esa Mujohidbek Olimov g‘alaba golini kiritib, jamoamizga safarda muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Yoshlarimiz irodali o‘yin va so‘nggi daqiqalargacha kurashish orqali muxlislarni xursand qilishda davom etmoqda. 💪💛🖤

O’zbekiston U-21 Birinchiligi 7-tur
Toshhkent, “Bunyodkor” stadioni
“Bunyodkor” U-21 1:2 “Neftchi” U-21
Gollar:
Shamsiddin Tursunmahamadov 6′ 1:0 – Azizbek Muratov 43′ 1:1, Mujohidbek Olimov 90+3′ 1:2
Bosh hakam: Ma’murjan Ilhamov
Yordamchi hakamlar: Kristina Sereda, Xayrinisa Erkinova
Zahira hakami: Roziyabonu Yusupova
Nazoratch
i: Baxtiyor Namozov
Komissar: Shoislom Xolmatov
Neftchi“:16.Ibrohim Shokirov, 28.Muhammadqodir Rasuljonov, 15.Nurmuhammad Abdugʻaniyev, 73.Elsevar Olimov,
17.Aziz Muratov, 44.Mo’minxon Bahodirxonov, 30.Rustambek Fomin(78.Mujohid Olimov 68′), 25.Omadillo Abdubannopov(76.Anvar Ahmadullayev 84′), 11.Asilbek Jumayev(79.Asilbek To’xtasinov 68′), 14.Daler Tuxsanov(29.Yaxyo Isoqov 68′), 27.Nurbek Sarsenbayev(90.Dilshod Sharofiddinov 84′).

Zaxira: 13.Abdulmo’min Nurmuhammadov, 97.Mirjalol Abdurahimov, 66.Hasanboy Umirzaqov, 37.Javohir Mahmudov.

Bosh murabbiy: Sanjar Roman

Улашинг: