Bugun Superliganing 4-tur bahslari doirasida sevimli “Neftchi” jamoamiz turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab kelayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan uchrashadi.
Statistik ma’lumot:
“Neftchi” shu kunga qadar Superliga musobaqalarida “Lokomotiv” bilan 32 marta o‘zaro to‘qnash kelgan .Bularning 9ta bahsida farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan,7ta bellashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 16ta o‘yinda toshkentliklarning qo‘li baland kelgan.Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 41-54 “Lokomotiv” foydasiga.
Eng yirik g‘alabalar:
28.08.2004.
“Neftchi”-“Lokomotiv” 4:0
28.06.2005.
“Neftchi”-“Lokomotiv” 4:0
01.04.2016.
“Lokomotiv”-“Neftchi” 4:0
27.05.2017.
“Lokomotiv”-“Neftchi” 4:0
Jamoalarning Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
27.06.2024.
“Neftchi”-“Lokomotiv” 1:1 05.05.2022.
“Neftchi”-“Lokomotiv” 0:1
04.05.2018.
“Neftchi”-“Lokomotiv” 1:4
03.11.2017.
“Neftchi”-“Lokomotiv” 0:0
14.08.2016.
“Neftchi”-“Lokomotiv” 1:1
Eslatib o‘tamiz,”Istiqlol” o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan “Neftchi”-“Lokomotiv” belashuvida Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar guruhi faoliyat olib boradi.Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.
Bugungi bahsda Islombek Ismoilov boshqaruvidagi futbolchilarimizga maydonda Superliga chempioni va Superkubok egasi sifatida shiddat ko‘rsatib,muxlislarimizni g‘olibona natijalar bilan quvontirishlarini tilaymiz.
Olg‘a “Neftchi”, Olg‘a Farg‘ona!
