"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

“SURXON” – “NEFTCHI” PREVYU

Bugun Termiz shahrida Superliganing 2-tur o‘yinlari doirasida Islombek Ismoilov boshchiligidagi sevimli “Neftchi” jamoamiz “Surxon” klubining mehmoni bo‘ladi.

Statistik ma’lumot:
“Surxon” va “Neftchi” jamoalari Superliganing rasmiy bahslarida shu kungacha 32 marta kuch sinashgan. Ushbu qarama-qarshilikda “Neftchi” 21 ta o‘yinda ustun kelgan bo‘lsa, 10 ta bellashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va faqat bitta uchrashuvda “Surxon”ning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 24-74 Farg‘onaliklar foydasiga.

Eng yirik g‘alaba:
15.05.2001.
“Surxon”–“Neftchi” 0:5

Termizda kechgan so‘nggi besh uchrashuv natijalari quyidagicha:
15.06.2025.
“Surxon”–“Neftchi” 0:0
09.11.2024.
“Surxon”–“Neftchi” 0:0
07.05.2023.
“Surxon”–“Neftchi” 2:2
29.06.2022.
“Surxon”–“Neftchi” 1:1
21.08.2004.
“Surxon”–“Neftchi” 1:2

Eslatib o‘tamiz, Termiz shahridagi “Surxon”–“Neftchi” uchrashuvini Ravshan Abduvohidov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 19:30 da boshlanadi.

Bugungi bellashuvda yigitlarimizga g‘olibona yurishni davom ettirib, farg‘onalik muxlislarimizni quvonchli natija bilan xursand etishlarini tilaymiz.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati

Улашинг: