7 mart kuni Oʼzbekiston Superligasining 1-tur bellashuvlariga start beriladi. Oʼzbekiston hakamlar markazi dastlabki tur oʼyinlarida ishlaydigan rasmiylar roʼyxatini eʼlon qildi. Unga koʼra Toshkentdagi “Bunyodkor” – “Neftchi” uchrashuvini Temur Toʼxtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Mazkur bahs 8 mart kuni “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanadi.
«BUNYODKOR» — «NEFTCHI»
Bosh hakam: Temurbek Toʼxtasinov
Yordamchi hakamlar: Ziyodullo Аbdurahmonov, Аbdulhamid Аbduraimov
Zaxira hakami: Viktor Serazitdinov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VАR: Nikita Mustafin
АVАR: Аvazbek Аbdullaev
