"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

“BUNYODKOR” – “NEFTCHI” PREVYU

Qizg‘in pallaga kirib borayotgan Superliganing 7-tur bahsida Islombek Ismoilov boshchiligidagi sevimli “Neftchi” jamoamiz Toshkentda “Bunyodkor” klubiga qarshi bahs yuritadi.Bu bellashuv juda jiddiy va murosasiz kurash ostida o‘tishi kutilmoqda.

Statistik ma’lumot:
Superliga doirasida “Bunyodkor” va “Neftchi” jamoalari shu kunga qadar 32 marta rasmiy uchrashuvlarda to‘qnashgan bo‘lib,bulardan 19ta ta o‘yinda “Bunyodkor” g‘alaba qozongan,5ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 8ta bellashuvda “Neftchi”ning qo‘li baland kelgan.Umumiy to‘plar nisbati 47-26 toshkentliklar foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
31.10.2009.
“Bunyodkor”-“Neftchi”  5:0
01.06.2024.
“Bunyodkor”-“Neftchi”   0:3

Jamoalarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

08.03.2025
“Bunyodkor”-“Neftchi”   2:2
01.06.2024.
“Bunyodkor”-“Neftchi”   0:3
28.10.2023.
“Bunyodkor”-“Neftchi”   2:1 08.09.2022.
“Bunyodkor”-“Neftchi”  1:2
12.07.2018.
“Bunyodkor”-“Neftchi”  2:1

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor”-“Neftchi”  bellashuvini Ravshan Abduvohidov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:15da start oladi.

Bugungi bahsda futbolchilarimizga omad yor bo‘lishini va Toshkentdan quvonchli natija bilan ko‘p sonli farg‘onalik muxlislarimizni mamnun etib qaytishlarini tilab qolamiz.

Улашинг: