"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

KICHIK KLASSIKODA YOSHLARIMIZ MAGʻLUB BO‘LISHDI

O‘zbekiston U-21 chempionati 6-tur bellashuvida yoshlarimiz «Paxtakor» U-21 klubini qabul qildi. Murosasiz va shiddatli ruhda kechgan uchrashuvda 2:3 hisobida toshkentlik futbolchilar g‘alaba qozondilar.

Bellashuvning birinchi bo‘limini har ikkala jamoa ham faollik bilan boshlagan bo‘lsalarda, hisobni 6-daqiqada mehmonlar ochishdi. Shundan so‘ng yigitlarimiz hisobni tenglashtirish uchun ancha hujumkorlikni kuchaytirishdi. Lekin, tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz tarkibida bir qancha o‘zgarishlar amalga oshirildi va yigitlarimiz kuchli bosim bilan hujumkorlikni kuchaytirib 63-daqiqada Omadillo Abdubannobov mehmonlar darvozasini ishg‘ol etdi va oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Urilgan goldan ruhlangan futbolchilarimiz xavfli hujumlarini davom ettirishdi va 88-daqiqaga kelib, chiroyli kombinatsiya natijasida Hasanboy Umirzaqov aniq zarba bilan hisobni tenglashtirishga erishdi.O‘yinning asosiy qismiga bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada toshkentliklarning uyushtirgan qarshi hujumlari gol bilan yakunlanib kichik klassikodagi bahsda g‘alabani taqdim etdi.

U-21 CHEMPIONATI

8 aprel 6-tur
Qirguli. «Neftchi Arena» stadioni soat 16:00
«NEFTCHI»U21- «PAXTAKOR»U21 2:3
Gollar: Yah’yo O‘rinboyev, 6′(0:1), Dilshod Abdullayev, 58′(0:2), Omadillo Abdubannobov, 63′(1:2), Hasanboy Umirzaqov,88′(2:2), Muhammadali Dilshodbekov, 90+3′ (2:3)
Hakamlar: Asadbek Qosimjonov, Shoxruxbek Azamov, Axrorjon Raxmatov
Zaxira hakami: Olim To‘ychiboyev
Nazoratchi: Marat Ismailov
Komissar: Doniyorjon Yaqubjonov

«Neftchi»U21: 13.Abdulmo‘min Nurmuhammadov, 24.Husanboy Umirzaqov(97.Mirjalol  ABdurahimov, 32′) 25.Omadillo Abdubannobov(94. Mirjahon To‘ychiboyev,79′) 40.Abdulloh Rashidov, 50.Fayzullo Nurmuhammadov, 57.Sanjarbek Maxsudbekov( 37.Javohirbek Maxmudov,79′)) 66.Hasanboy Umirzaqov, 73.Elsevar Olimov, 78.Mujohidbek Olimov(78. Abdulloxon Alisherov,70′) 79.Asilbek To‘xtasinov, 80.Albert Nurullayev(76.Anvarjon Ahmadillayev,46′)

Zaxiradagilar: 74.Zikrulloh Hotamjonov, 42.Muhammadsoxib Tursunov, 72.Xusniddinbek Akbarov, 98.Nodirbek Madaminov

Bosh murabbiy: Roman Sanjar

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: