"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

“QIZILQUM» – «NEFTCHI» PREVYU

Superliganing 5-tur  bahsida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi sevimli “Neftchi” jamoamiz Navoiy shahrida «Qizilqum» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Statistik ma’lumot:

Superliga chempionati doirasida «Qizilqum» va «Neftchi» jamoalari shu kunga qadar 48 marta rasmiy uchrashuvlarda bahs yuritgan. O‘tkazilgan o‘zaro to‘qnashuvlarda «Qizilqum» 12 marta g‘alaba qozongan,12 ta bahsda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan va 24 uchrashuvda «Neftchi»ning qo‘li baland kelgan.To‘plar nisbati 46-75 farg‘onaliklar foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
02.11.2002.
«Qizilqum»-«Neftchi»  4:1
20.09.2000.
«Neftchi»-«Qizilqum»  5:0

Jamoalarning Navoiyda qayd etgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari
28.06.2025.
«Qizilqum»-«Neftchi»  1:1
06.05.2024.
«Qizilqum»-«Neftchi»  1:1
26.05.2023.
«Qizilqum»-«Neftchi»  1:1
01.04.2022.
«Qizilqum»-«Neftchi»  3:0
23.11.2018
«Qizilqum»-«Neftchi»  1:1

Eslatib o‘tamiz, «Qizilqum»-«Neftchi» uchrashuvini Nayim Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.Uchrashuv Navoiy shahridagi «Yoshlar» sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

Bugungi bellashuvda sevimli jamoamizga omad va g‘alaba tilaymiz.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: