Jamoamiz prezidenti Farg’ona shahar xokimi Vosiljon Nazarov, klub bosh direktori Muhsinjon Mexmonov topshiriqlariga asosan jamoamiz fan-klubi bilan samarali hamkorlik o‘rnatish maqsadida bugun davra suhbati bo’lib o’tdi, suhbatda jamoaning muxlislar bilan hamkorliklari, fan-klub uchun yaratilinishi lozim bo’lgan bo’lgan ishlar, muxlislik ma’daniyatini oshirish va fan klubga kerakli sharoitlar yaratish bo’yicha bir to’xtamga kelindi bundan tashqari ikkinchi davraga fan-klub tayyorgarligi bo’yicha fan klub raisiga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, samarali ishlarni yanada rivojlantirish muxlislik darajasini oshirish uchun fan-klub raisi sifatida Muzaffar Xusanov tayinlandi, fan klub raisiga Alisher Tursunov va Abduvohid Jo’raevlar yordam berishadi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati
Бошқа хабарлар
«NEFTCHI» – «NASAF» PREVYU
«NЕFTCHI» AFSONALARI TASHRIF BUYURISHDI
O‘RINBOSARLAR JAMOAMIZ MAG‘LUB BO‘LDI