"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

OKMK – «NEFTCHI»  PREVYU

Sevimli «Neftchi» jamoamiz Superliganing 11-tur bahsida  Olmaliqda OKMK klubiga qarshi maydonga tushadi.

Statistik ma’lumot:
OKMK jamoasi bilan «Neftchi» futbol klubi Superliga chempionati doirasida shu kunga qadar 32 marta rasmiy uchrashuvlarda raqobatlashgan bo‘lib,ushbu bellashuvlarda OKMK 8 marta g‘alaba qozongan, 9ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 15ta bahsda «Neftchi» ustunlik qilgan.Kiritilgan va o‘tkazilgan to‘plar nisbati 41-54 farg‘onaliklar foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
08.15.2006.
OKMK-«Neftchi»  3:0
14.09.2013.
«Neftchi»-OKMK  4:0

Olmaliqda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
19.05.2025.
OKMK-«Neftchi»   2:2
28.102024.
OKMK-«Neftchi»   1:2
26.08.2023.
OKMK-«Neftchi»   1:1
27.05.2022.
OKMK-«Neftchi»   3:1
15.09.2018.
OKMK-«Neftchi»   0:1

Eslatma:Olmaliq shahridagi markaziy o‘yingohda o‘tkaziladigan OKMK-«Neftchi» uchrashuvini Axrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.Bellashuv soat 17:00da boshlanadi.

Bugungi bellashuvda jamoamizga omad va g‘alaba yor bo‘lishini, farg‘onalik muxlislarimizni quvonchli natija bilan mamnun etishlarini tilab qolamiz.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: