Xorvatiyalik hujumchimiz Stipe Perica «Neftchi»dagi starti ajoyib boshlandi!
Legioner hujumchi Superliganing 2-turida «Surxon»ga qarshi o’yinda dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa, forvard dubl qayd etgan «Neftchi» tarixidagi 50-futbolchiga aylandi. Bu borada rekord klub afsonasi Anvar Berdievga tegishli bo’lib, u 31 marotaba dublga erishgan. Mustaqil O’zbekiston chempionatlari tarixidagi jamoaning ilk dubli Evgeniy Matveevga tegishli.
1992 yildan 2025 yilga qadar farg’onaliklar futbolchilari 200 ta dubl qayd etishgan, bu 49 nafar futbolchi ishtirokida yuz bergan edi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati
