Shan. Mar 21st, 2026

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

 

Islombek Ismoilov shogirdlari to‘rtinchi tur bellashuvida Toshkentning «Lokomotiv» klubini qabul qildi. Farg‘onada o‘tkazilgan bu uchrashuvda maydon egalarining g‘alabasiga ishonch bilan o‘yingohga kelgan muxlislarimiz umidlari oqlanganligi bilan behad quvondilar.

Uchrashuvni har ikkala jamoa ham shiddat bilan boshladi. 11-daqiqada mahoratli yarim himoyachimiz Ibrohim Halil Yo‘ldoshev o‘ziga oshirilgan to‘pni uzoq masofadan raqiblar darvozasiga kuchli zarba bilan yo‘naltirib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi 1:0. Mehmonlar bunga javoban hujumkorlikni kuchaytirdilar.Jiddiy olishuvlar mahalida 36-daqiqaga kelib himoyachimiz raqibdan to‘pni olishda qo‘pollik bilan qoidani buzdi va buni ko‘rib turgan bosh hakam darvozamiz tomon ikkilanmay 11-metrli penalti belgiladi. Bu jarimani toshkentliklarning tajribali hujumchisi Temirxo‘ja Abduholiqov darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi 1:1. Birinchi bo‘lim shu natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshidayoq murabbiylar shtabi maydonga Stipe Peritsa, Alisher Odilov va Jamshid Iskanderovlarni tushirib, hujum chizig‘ini keskin kuchaytirdi.Bu tadbir 65-daqiqada o‘z samarasini ko‘rsatdi.Ushbu vaziyatda jamoamiz burchak to‘pini amalga oshirganda xorvatiyalik legioner hujumchimiz Stipe Peritsa baland sakrab boshi bilan to‘pni chiroyli tarzda darvoza to‘riga joylab qo‘ydi va jamoamizni yana oldinga olib chiqdi 2:1. Raqiblar mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun yoppasiga hujumga o‘tdilar. Toshkentliklarning himoya chizig‘idagi o‘yinchalari ham oldinga tashlanganliklari va to‘p uzatishdagi xatolaridan foydalangan futbolchilarimiz darhol qarshi hujumga tashlandilar va 89-daqiqada hujumchimiz Alisher Odilov katta tezlikda raqiblar jarima maydonchasiga kirib borib, darvozabonni dog‘da qoldirdi 3:1. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan olti daqiqa davomida ikkala tomon ham hisobni o‘zgartirish uchun qattiq kurashdi. Lekin, tablodagi 3:1 hisobi o‘zgarmadi. Bu «Neftchi»ning yangi mavsumdagi to‘rtinchi bellashuvi va to‘rtinchi g‘alabasi bo‘lib, jamoamizning 12 ochko to‘plab, turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirishiga asos bo‘ldi.

Superliga 

4-tur

«Neftchi» – «Lokomotiv» 3:1 

Farg’ona. «Istiqlol» stadioni. 16:00

Gol: Ibrohimhalil Yo’ldoshev (Yovan Jokich) 11′, Stipe Perica (Jamshid Iskanderov) 65′, Alisher Odilov (Ratino) 88′  – Temurxo’ja Abduxoliqov penalti 36′

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo’ja Shavkatov

Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Andrey Capenko

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Sherzod Rajabov

«Neftchi»: 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po’latov, 5.Ikrom Aliboev (77.Ratino, 66), 6.Ibrohimhalil Yo’ldoshev (34.Farruh Sayfiev, 73), 7.Abrorbek Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich (10.Jamshid Iskanderov, 46), 9.Xurshid G’iyosov (22.Alisher Odilov, 46), 20.Anvarjon G’ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (18.Stipe Perica, 46).

Zaxira: 16.Ibrohim Shokirov, 11.Asilbek Jumaev, 14.Daler Tuxsanov, 15.Nurmuhammad Abdug’aniev.

«Lokomotiv»: 1.Aleksey Kozlov, 9.Suhrob Nurulloev (7.Quvonchbek Abraev, 72), 11.Temurxo’ja Abduxoliqov, 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (70.Muhammadali Reimov, 62), 18.Oleksandr Kucherenko, 23.Diyor Turopov (28.Shuhrat Muhammadiev, 62), 26.Abdulloh Yo’ldoshev, 33.Oleg Zoteev (10.Shodiyor Shodiboev, 86), 45.Yovan Nishich (8.Bilol Tupliev, 72).

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 22.Sunnatilla Poyonov, 61.Nurlan Ibraimov, 99.Muhriddin Zoirov.

Ogohlantirish: Muhsin Ubaydullaev (34), Abrorbek Ismoilov (54), Stipe Perica (71).

 

Улашинг: