
Ertaga, 12 mart chorshanba kuni «Neftchi» futbol klubi o‘z an’anasiga ko‘ra, yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o‘tkazadi.
Taqdimot marosimi Farg‘ona shahridagi «Islom Karimov» nomidagi san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Tadbirda «Neftchi» jamoasining barcha futbolchi va murabbiylari tanishtiriladi.
Marosim soat 14:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirga barcha OAV vakillarini, shuningdek «Neftchi» jamoasining faxriy va jonkuyar muxlislarini taklif etib qolamiz.