Jamoamiz safiga yaqinda qo‘shilgan Muhammadali G‘iyosov klub matbuot xizmatiga yangi mavsum oldidan o‘zining fikrlarini o‘rtoqlashdi.
“Neftchi” o‘zbek futbolida shonli tarihga ega klublardan biri. Oxirgi yillarda jamoaning mavqeini tiklash uchun harakat ketayotganini bilaman. Shuni inobatga olib men taklifni farg‘onaliklar safida bo‘lishni lozim topdim.
Atrofimdagilar har doim vodiyda futbol o‘ynash qiyinligini ta’kidlashadi. Men bunga ishonmayman. Farg‘ona aslida milliy futbolimiz vatani hisoblanadi. Shu bois men Farg‘onada to‘p surishni istayman. Katta marralarni ko‘zlagan har bir futbolchi kuchli raqobatni his qilishi va katta bosimni yengib o‘tishi kerak.
“Neftchi” tarkibi chinakamiga kuchaytirilmoqda. Menimcha, bu hali hammasi emas… Yangi mavsum klubda bo‘lgani kabi mening ham muxlislar oldida isbotlashim kerak bo‘lgan jihatlar bor. Xudo xohlasa, hammasi biz uchun ijobiy yakun topishiga ishonaman.
Muxlislardan bitta narsani so‘ragan bo‘lardim. Bizni har doim qo‘llab-quvatlab turishsin. Muhimi, har doim stadionga tashrif buyurishsin. Futbol ular bilan go‘zal. Biz ularni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan hamma narsani qilamiz.
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
Бошқа хабарлар
JАFАR IRISMETOV JАMOАMIZ RАHBАRIYATIDА FАOLIYAT OLIB BORАDI!
TOMA TABATADZE: «MAQSADIM CHEMPION BOʻLISH»
ZORAN MARUSHICH: «MUXLISLAR BILAN HAMJIHAT BO‘LSAK»