Bugun Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionining zahira maydonida Superliga vakili Toshkentning «Lokomotiv» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlanishiga qaramay raqiblar uchrashuvni 6 daqiqasida burchak to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldi, burchakdan yetkazilgan to‘pni Jasur Jaloliddinov darvozamizga joylab qo‘ydi. Goldan so‘ng jamoamiz hujumga o‘tishga harakat qila boshlashdi shunday vaziyatni birida hujumga otlangan Ulug‘bek Xoshimovni raqib himoyachisi jarima maydoni ichida chalib yiqitdi, hakam esa penalti belgiladi, penaltini esa Oybek qilichev golga aylantirdi, goldan ruxlangan jamoamiz 42 daqiqada Oybek qilichevning 30-35 metr masofadan yo‘llagan zarbasi supergol bilan yakunlandi. Birinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘limda jamoamiz qator hujumlar uyishtirib, Izzat Abdullaev goli evaziga hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
Бошқа хабарлар
VITALIY LEVCHENKO: «UCHRASHUVDAGI HISOB BUGUNGI O‘YINGA MOS RAVISHDA BO‘LDI»
VODIY DERBISIDA DURRANG
«VODIY DERBISI»NI NAYIM QOSIMOV BOSHQARADI!