
O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi kubogi uchun vodiy mintaqasida 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda «Neftchi»ning turli toifadagi jamoalari Namanganning» Barkamol avlod» futbolchilarini qabul qildilar. Mazkur bahslarda qayd etilgan natijalar bilan tanishtirib o‘tamiz.
«Neftchi»(U-13)-«Barkamol avlod»(U-13) 2:1
«Neftchi»(U-14)-«Barkamol avlod»(U-14) 4:0
«Neftchi»(U-15)-«Barkamol avlod»(U-15) 6:0
«Neftchi»(U-16)-«Barkamol avlod»(U-16) 3:0
Navbatdagi 4-tur uchrashuvlari Andijon viloyatida «Shahrixon» jamoalariga qarshi o‘tkaziladi. Ushbu bahslarda ham o‘smirlarimizga g‘alaba va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.