Пт. Июн 20th, 2025

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

IKROM ALIBOYEV : «MEN TAXMIN BILDIRMAYMAN»

Jamoamizning tajribali futbolchisi Ikrom Aliboyev jamoamiz safiga yorqin o‘yinlari bilan muhlislarimizni olqishlariga sazovor bo‘lib kelmoqda. Aliboyev «Vodiy derbisi»dan so‘ng jamoamiz matbuot xizmati uchun intervyu berdi.

Jamoamiz ohirgi oʻyinlarida ishonchli harakat qilib, gʻalaba qozondi, bu nima bilan bogʻliq? Muhlislar oldida g’alabaga chanqoq ularni bosimi sezilyabdimi?
 — Birinchi o’rinda murabbiylar ko’rsatmalarini to’g’ri bajarayabmiz deb o’ylayman, shuni hisobiga ketma-ket g’alaba qozona oldik. Muxlislarimiz oldida o’ynash bosim emas aksincha kuch bag’ishlaydi. Ular haqiqiy o’n ikkinchi futbolchimiz hisoblanadi. Oldinda bir qator sinovli uchrashuvlar kutib turibganligini hisobga olib, muhlislarimizdan avvalgilardanda faolroq qo’llashlarini so’rab qolamiz.

-Superliga tobora qizg‘in pallaga kirganligi va kutilmagan natijalar ko’payishi kuzatilmoqda. Jamoamizning keyingi o‘yiniga taxminingiz bilan bo‘lishsangiz.
 — Men taxmin bildirmayman lekin shuni aytishim mumkinki, biz har o’yinda g’alaba uchun maydonga chiqamiz. Navbatdagi raqib OKMK jamoasi bo’ladi , bu jamoa turnir jadvalida bejizga yuqorida emas, va ushbu uchrashuv biz uchun juda ham muhim o’yin hisoblanadi. Mazkur o’yinda ham g’alaba uchun o’ynaymiz. Oldinda esa bizni O’zbekiston kubogining 3-tur uchrashuvida «Oqtepa» jamoasiga qarshi o’yin kutib turibdi.

— Bu yilgi chempionatda sizningcha qaysi jamoalar chempionlik uchun kurash olib boradi.
 — Bu yilgi chempionat o’zgacha o’tib bormoqda, o’yinlarda qaysi jamoani oldindan g’alaba qozonishini taxmin qilish juda mushkul. Hozirda chempionlikka 4-5 jamoa kurash olib bormoqda va men»Neftchi» jamoasi tarkibida mamlakat chempioni degan nomni qo’lga kiritishni hohlardim va bu uchun jamoamizda hamma narsa mujasam.

—  Bo’lajak uchrashuvlar oldidan «Neftchi» jamoasi muhlislariga tilaklaringiz?
— Muhlislarimizga avvalambor sog’lik-salomatlik tilayman, ulardan bizlarni doyim shundek faollik bilan qo’llab-quvvatlab turishlarini so’rayman, zero ular bilan biz yana ham kuchlimiz va biz bir kuchmiz!

Улашинг: