Пт. Мар 14th, 2025

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

«NEFTCHI» — «QO‘QON-1912» PREVYU 

14 mart juma kuni Superliganing 2-tur doirasida viloyat derbisi maqomiga ega bo‘lgan bahs Farg‘onada o‘tkaziladi.Unda «Neftchi» jamoamiz «Qo‘qon-1912» klubini qabul qiladi.

Statistikaga yuzlanamiz, «Neftchi» futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan jami 30 marta o‘zaro kuch sinashgan. Bularning 20 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan, 4 o‘yinda murosa ko‘chasi tanlangan va 6 ta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Umumiy to‘plar nisbati 73-39 neftchilar foydasiga.

Ushbu qarama-qarshilikda «Neftchi»ning eng yirik g‘alabasi 6:1 ko‘rinishida bo‘lgan. Qo‘qonliklarning eng yirik g‘alabasi 3:1 hisobida yakunlangan.

Jamoalarning Farg‘onada o‘tkazilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

02.03.2022

«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 1:0

29.11.2018

«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 0:2

17.08.2018

«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 1:0

31.03.2017

«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 1:2

10.06.2016

«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 2:1

Bo‘lajak bellashuvda jamoamizga omad yor bo‘lishini va ko‘p sonli muxlislarimizni mamnun etishlarini tilab qolamiz.

Улашинг: