Ko‘pgina muxlislar Olmaliqdagi bahsda OKMK g‘alaba qozonadi, yoki «Neftchi» o‘z an’analarini davom ettirib uchrashuvni durang natija bilan yakunlaydi, degan taxmin qilgan edilar. Lekin, farg‘onaliklar uchrashuv boshlanishi bilanoq hujumkorlikni barcha chiziqlar bo‘yicha davom ettirdilar. Bu urinish o‘yinning 14-daqiqasida o‘z samarasini ko‘rsatdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni jamoamiz sardori Anvarjon G‘ofurov boshi bilan darvozaga zarba yo‘lladi. Darvozabon bu to‘pni qaytardi. Ammo, to‘p yana Anvarjonga kelib tushdi va u mohirlik bilan gol urib hisobni ochdi 0:1. Bu hisob birinchi bo‘lim oxiriga qadar o‘zgarmadi.
Olmaliqlik futbol ishqibozlari maydon egalari ikkinchi bo‘limda barcha imkoniyatlarini ishga solib, hisobni tenglashtirishdan tashqari g‘alaba uchun kurashadilar, deb o‘yladilar. Ammo, maydonda ularning bu shiddati sezilmadi. Aksincha, farg‘onaliklar tobora bosimni oshira bordilar va bahsning 81-daqiqasida nigeriyalik legioner hujumchimiz Effiong Nsungusi maydon egalari darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritib, «Neftchi» g‘alabasini yanada mustahkamladi 0:2.
Vitaliy Levchenko shogirdlari ko‘p hollarda hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda bo‘shashuvchilikka yo‘l qo‘yadilar. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Qo‘shib berilgan vaqtning 90+2 daqiqasida maydon egalari hisobni qisqartirishga erishdilar . Yaxshiki, qolgan vaqt ichida natija o‘zgarmadi. «Neftchi» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan OKMK jamoasini 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z mavqeini ancha mustahkamlab oldi. Farg‘onaliklarning Olmaliqdagi g‘alabasi «Neftchi» muxlislarini cheksiz quvontirdi. Hozirgacha Superliga jamoalari o‘rtasida 500 ta uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlagan faqat «Paxtakor» jamoasi edi. Bugungi g‘alabadan so‘ng «Neftchi» ham bu dovonni zabt etdi. Yigitlarimizni ana shunday qo‘shaloq xursandchilik bilan qizg‘in tabriklaymiz.
OKMK — «NEFTCHI» 1:2
Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
Yordamchilar: Shohnur Yo‘ldoshev, Islom Nosirov
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
VAR hakami: Roziyabonu Yusupova
AVAR: Alisher Rahimqulov
Gol: Anvar G‘ofurov 14, 0:1, Nsungussi Efiong (Manuchehr Safarov) 82, 0:2, Dilshodbek Ahmadaliyev (Ruben Sanches Peres) 90+2, 1:2
OKMK: 35. Javohir Ilyosov, 4. Mirjamol Qosimov ( 30. Abror Sarimsoqov,46), 5. Giorgi Papava (3. Sardor Rahmonov,46), 9. Ruben Sanches Peres, 10. Xurshid G‘iyosov, 11. Kleydzi Datsi, 13. Eldorbek Begimov (7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 76), 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Shohruh Gadoyev (77. Nodirbek Abdurazzoqov,80) 28. Arixiro Sentoku (19. Mixayel Klepach,70)
Zaxira: 1. Валижон Rahimov, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 21. Saidafzalxon Axrorov, 27. Ali Abdurahmonov,
«Neftchi»: 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo‘raboyev, 4. Boyan Siger, 20. Anvarjon G‘ofurov, 22. Azizbek Amonov ( 70. Abbosjon G‘ulomov,74) 23. Diyorjon Turopov, 24. G‘ulom Haydar Gulyamov, 30. Quvondiq Ro‘ziyev (11. Javohir Qahramonov,74) 55. Manuchehr Safarov, 77. Bilolxon Toshmirzayev (10. Shohruz Norxonov, 90), 99. Nsungussi Effiong
Zaxira: 45. Akbar To‘rayev, 8. Sardor Abduraimov, 14. Xurshidbek Muhtorov, 17. Sanjar Qodirqulov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. Muhsinjon Ubaydullayev,
Ogohlantirish: Azizbek Amonov («Neftchi») 29
Бошқа хабарлар
«NЕFTCHI» BЕSH NAFAR FUTBOLCHI BILAN SHARTNOMA IMZOLADI
MUXLISLAR STATISTIKASI
VITALIY LEVCHENKO : BUGUNGI SHIJOAT UCHUN FUTBOLCHILARGA RAXMAT AYTAMAN