Пт. Мар 14th, 2025

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

«NEFTCHI» -«QO‘QON-1912» UCHRASHUVIGA CHIPTALAR SOTUVI BOSHLANDI 

Xabaringiz bor, 14-Mart juma kuni soat 19:30 da sevimli «Neftchi» jamoamiz O‘zbekiston Superligasi 2-tur uchrashuvlari doirasida Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» markaziy stadionida  «Qo‘qon-1912» klubi bilan viloyat derbisida ishtirok etadi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur bellashuvga chiptalar sotuvi boshlandi. Chiptalar stadionning maxsus kassalarida 30000  so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi.

Chiptalarni stadion kassalaridan harid qiling. Kassalardan tashqari noqonuniy xarid qilingan chiptalar uchun stadion ma’muriyati javob bermaydi!

Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada ko‘rsatilgan joyda o‘tirib, tomosha qilishlarini so‘rab qolamiz.

Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida stadion maʼmuriyati Fargʼona dehqon bozori yonidagi va Margʼilon shahridagi «Аnsor» savdo majmuasi ichida joylashgan maxsus kassalarida ham «Neftchi»-«Qoʼqon-1912» uchrashuviga chiptalar sotuvini yoʼlga qoʼydi. Chiptalar soni chegaralangan, uni sotib olishga shoshiling.

Улашинг: