"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

JAMOAMIZ TURKIYA YIGʻINIGA YO‘L OLMOQDA

Yangi mavsum oldidan puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rayotgan “Neftchi” futbol klubi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarining birinchi bosqichini Turkiyada o‘tkazadi. Jamoamiz a’zolari 3-yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent–Antalya aviayo‘nalishi orqali Turkiyaning Antalya shahriga jo‘nab ketadi.

Mazkur yig‘in jarayonida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, taktik va texnik tayyorgarlikni oshirish, shuningdek, yangi mavsum oldidan jamoaviy o‘yinni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga jalb etilgan jamoa a’zolari bilan tanishtirib o‘tamiz:

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Murabbiylar: Yurgen Gede, Antonio Sarioglu, Vitaliy Galat, Fakunda Stik

Seleksioner: Anvar Berdiev

Matbuot kotibi: Saidafzal Abdullaev

Jamoa shifokori: Muhiddin Mirzayev

Fizioterapevt: Javohir Elmurodov

Uqalovchilar: Ulug‘bek Hamdamov, Sanjar Saidov

Ma’murlar: Aybek Aliyev, Abduvali Yo‘ldashev

Analitik GPS: Xushnud Bahromov

Tarjimon: Nurullo Subhonov

Darvozabonlar:
Akbar To‘rayev, Botirali Ergashev, Ibrohim Shokirov

Himoyachilar:
Muhsin Ubaydullayev, Anvar G‘ofurov, Izzatillo Po‘latov, Ibrohim Halil Yo‘ldashev,
Muhammadqodir Rasuljonov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Nurmuhammad Abdug‘aniev.

Yarim himoyachilar:
Abror Ismoilov, Ikrom Aliboyev, Jamshid Iskanderov, Alisher Odilov,
Xurshid G‘iyosov, Farhod Sohibjonov, Daler Tuhsanov, Azizbek Erimbetov

Hujumchilar:
Nurbek Sarsenbayev, Azizbek Muratov

Shuningdek, legioner futbolchilar Boyan Siger, Yovan Djokich, Vladimir Yovovich va Zoran Marushich Belgrad–Antalya yo‘nalishi orqali, Jurani Ferreira (Ratinho) Goias–Antalya yo‘nalishi orqali, Silvanus Nimely esa Liberiyadan jamoamiz qarorgohiga yetib keladi. Jamoamizning tajribali himoyachisi  Farruh Sayfiyev ma’lum sabablarga ko’ra yig’inga 7-yanvardan qo’shiladi.

Jamoamizning yana ikki futbolchisi — Asilbek Jumayev va Rustambek Fomin ayni paytda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan BAAda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Ularni yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi uchrashuvlari kutib turgani bois, mazkur musobaqa yakunlanganidan so‘ng jamoamiz safiga qo‘shilishlari rejalashtirilgan.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga Osiyo kubogida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Улашинг: