Jamoamiz chempionlik yo‘lidagi muvaffaqiyatga munosib hissa qo‘shgan tajribali himoyachi Farruh Sayfiyev yangi mavsumda ham “Neftchi” safida harakat qilishda davom etadi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Farruh Sayfiyev joriy mavsumda jamoamiz libosida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarning 13 tasi g‘alaba bilan yakunlangan bo‘lib, futbolchi Superliga bahslarida jami 1406 daqiqa harakat qildi.
Maydondagi barqaror o‘yini, tajribasi va ishonchli himoyasi bilan ajralib turadigan Farruh Sayfiyev kelasi mavsumda ham jamoamiz oldiga qo‘yilgan yuksak maqsadlar yo‘lida muhim rol o‘ynashiga ishonamiz.
Futbolchiga yangi mavsumda jamoamiz safida omad, mustahkam sog‘liq va yorqin g‘alabalar tilaymiz.
