Jamoamizning chempionlik yo‘lida ulkan hissasini qo‘shgan tajribali yarim himoyachi Ikrom Aliboyev jamoamiz bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi.
Ikrom Aliboyev jamoamizning yarim himoya chizig‘ida ishonchli o‘yini bilan muxlislar mehrini qozonadi. U ushbu mavsumda jamoamiz tarkibida 28 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2253 daqiqa harakat qilgan. O‘zining barqaror o‘yini bilan u O‘zPFL tomonidan yil ramziy terma jamoasiga kiritilgan.
Ishonamizki, Ikrom Aliboyev yangi mavsumlarda ham jamoamizga muhim hissa qo‘shadi va oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsadlarga erishishda yetakchi rol o‘ynaydi.
Futbolchiga klubimiz safida omad, mustahkam sog‘liq va yorqin g‘alabalar tilaymiz.
