"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

BOTIRALI ERGASHEV — JAMOAMIZ BILAN IKKI YILLIK SHARTNOMA IMZOLADI!

O‘tgan mavsum chempioni, tajribali darvozabon Botirali Ergashev jamoamiz bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U yangi mavsumda ham jamoamiz darvozasini ishonchli himoya qiladi. ⚽️🧤

Botirali Ergashev o‘zining maydondagi tajribasi, tezkor reaktsiyasi va ishonchli darvozabonligi bilan jamoamizning himoya chizig‘ini mustahkamlaydi. U har bir o‘yinda jamoaga xavfsizlik va barqarorlikni olib kiradi.

Ishonamizki, Botirali Ergashev yangi mavsumlarda jamoamizga muhim hissa qo‘shadi va oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsadlarga erishishda yetakchi rol o‘ynaydi.

Futbolchiga klubimiz safidagi faoliyatida omad, sog‘lik va yorqin g‘alabalar tilaymiz.

Улашинг: