"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«NЕFTCHI» – «QIZILQUM» PRЕVYU

 

Superliganing 29-tur  bellashuvida sevimli “Neftchi” jamoamiz Navoiyning «Qizilqum» klubini qabul qiladi. Bu o‘yinda 2025 yilda chempionlik unvoni kimga nasib etishi ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun maydon egalari o‘zlarining tarixiy an’analariga amal qilib, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashlariga to‘la ishonch bildiramiz.

Milliy chempionatimizdagi o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak, bu yerda sezilarli darajada ustunlik farg‘onaliklar tomonida. O‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlar soni 47 tani tashkil etadi. Undan 23 ta bahsda «Neftchi» ustun bo‘lgan, 12 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 12 ta bellashuvda «Qizilqum»ning qo‘li baland kelgan.To‘plar nisbati 71-45 «Neftchi» foydasiga. Ushbu qarama-qarshilikda «Neftchi»ning «Qizilqum» ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 2000 yilda 5:0 hisobida bo‘lgan. Navoiyliklarning eng yirik g‘alabasi 2002 yilda 4:1 bilan yakun topgan.

Farg‘onada o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari

19.09.2024.
«Neftchi»-«Qizilqum» 2:2
23.11.2023.
«Neftchi»-«Qizilqum» 1:0
29.08.2022.
«Neftchi»-«Qizilqum» 2:1
19.10.2018.
«Neftchi»-«Qizilqum» 3:1
24.07.2018.
«Neftchi»-«Qizilqum» 0:1

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» markaziy o‘yingohida o‘tkaziladigan «Neftchi»-«Qizilqum» bellashuvini Temur To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 16:15 boshlanadi.

Yigitlarimizga bu bellashuvda katta kuch-qudrat, mahorat va oltin shoxsupaga erishish uchun butun vujudlari bilan harakat qilishlarini tilaymiz.

Улашинг: