22-noyabr kuni Superliganing 29-turi doirasida Neftchi klubi Qizilqum jamoasini qabul qiladi. Ushbu bellashuv mamlakat chempioni nomiga oydinlik kiritishi ehtimoli yuqori ekanligi sababli bellashuvga bo‘lgan qiziqish yuqori.
Mazkur bellashuvni o‘z nashrida yoritish istagida bo‘lgan OAV Neftchi PFK matbuot xizmati bilan bog‘lanishi so‘raladi. Istiqlol stadionidagi media tribunada joylar soni chegaralangani sababli, faqatgina talab etilgan ko‘rinishda ro‘yxatdan o‘tgan, O‘zPFLning 2025-yilgi mavsum uchun akkreditatsiyasiga ega OAV xodimlarigina u yerda o‘tirib, faoliyat olib borish imkoniga ega bo‘ladi.
Ushbu bahsni o‘z nashrida yoritish istagida bo‘lganlar:
— o‘zlari faoliyat yuritayotgan OAV nomidan «Neftchi» PFKga rasmiy ariza yuborishlari,
— yoki Telegram orqali +998(91)688-58-58 raqamiga murojaat qilishlari kerak.
Arizada media xodimlarining to‘liq ro‘yxati ko‘rsatilishi shart.
⏳ Arizalar 19 noyabr, soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
