"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«SHO‘RTAN» – «NEFTCHI»  PREVYU

Chempionlik uchun kurash olib borayotgan Vitaliy Levchenko boshqaruvidagi sevimli «Neftchi» jamoamiz Superliganing 26-tur bahsida» Sho‘rtan» klubi mehmoni bo‘ladi.

O‘zaro to‘qnashuvlarga e’tibor qaratsak, milliy chempionatimiz doirasida jamoalar so‘nggi bor 2017 yilda uchrashgan bo‘lib, jami 25 marta maydonda kuch sinashgan. Bulardan 9 tasida «Sho‘rtan»ning qo‘li baland kelgan, 8 ta bahsda murosa ko‘chasi tanlangan va 8 ta bellashuvda «Neftchi» g‘olib bo‘lgan. Umumiy to‘plar nisbati 30-30.

O‘zaro qarama-qarshilikda «Neftchi» jamoasining eng yirik g‘alabasi 2005 yilda Oliy liganing 7-turida qayd etilgan bo‘lib,unda farg‘onaliklar 5:0 hisobida ustun kelishgan. «Sho‘rtan» klubining eng yirik g‘alabasi esa 2011 yilda Gʻuzorda qayd etilgan va 4:0 ko‘rinishida bo‘lgan.

Gʻuzorda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

04.03.2017.
«Sho‘rtan»-«Neftchi»  1:0
17.09.2016.
«Sho‘rtan»-«Neftchi»   2:1
02.08.2015.
«Sho‘rtan»-«Neftchi»   4:1
04.07.2013.
«Sho‘rtan»-«Neftchi»   0:2
04.09.2012.
«Sho‘rtan»-«Neftchi»   2:0

Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni «Sho‘rtan»-«Neftchi» bellashuvida Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi. Uchrashuv soat 16:30 da boshlanadi.

Ushbu bellashuvda yigitlarimizga kuch g‘ayrat, jo‘shqinlik va g‘olibona kayfiyat tilaymiz.

Улашинг: