"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«NЕFTCHI» – «ANDIJON» PRЕVYU 

Superliganing 24-turida vodiy derbisi «Neftchi»-«Andijon» bahsi bo‘lib o‘tadi.Bu bahsga andijonliklar o‘ziga xos umidli rejalar bilan kelishga odatlanishgan. Lekin yigitlarimiz har bir uchrashuvni g‘olibona tantana bilan yakunlashga ko‘nikib qolishgan.Shuning uchun bu bellashuv ancha jiddiy va murakkab bo‘lishi turgan gap.

Jamoalar O‘zbekiston Oliy liga va Superligasi doirasida shu kungacha o‘zaro 52 marta to‘qnash kelishgan. Bulardan 34 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan, 8 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan va 10 ta bellashuvda «Andijon»ning qo‘li baland kelgan.O‘zaro qarama-qarshilikda  Andijon»ning eng yirik g‘alabasi 3:1, «Neftchi»ning eng yirik g‘alabasi 7:1 ko‘rinishida qayd etilgan. Umumiy to‘plar nisbati 99-45 farg‘onaliklar foydasiga.

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5ta uchrashuv natijalari quyidagicha:

12.05.2024.

«Neftchi»-«Andijon» 2:2 31.08.2023.

«Neftchi»-«Andijon»   0:0

15.12.2020.

«Neftchi»-«Andijon»  1:3

19.08.2016.

«Neftchi»-«Andijon»  1:2

21.10.2015.

«Neftchi»-«Andijon»  0:1

Eslatib o‘tamiz, 5 oktyabr kuni» Istiqlol» stadionida o‘tkaziladigan «Neftchi»- «Andijon» uchrashuvini Asker Najafaliyev bosh hakam sifatida boshqarib boradi.

Futbolchilarimiz o‘z odatlariday quvonchli natijaga erishib, muxlislarni xursand etishlariga to‘la ishonamiz.

Улашинг: