O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi ayni kunlarda Toshkentda o‘quv mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Ertaga O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Iordaniya davlatining Agaba shahriga yo‘l oladi va 24-30 sentyabr kunlari xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Quvonarlisi, ushbu yig‘inlarga «Neftchi» W ayollar jamoamizdan Sarvinoz Abdulazizova, Charos Yuldasheva hamda Shahzoda Alixanovalar jalb etilgan.
Barcha futbolsevar muxlislarimiz nomidan farg‘onalik qizlarimizga O‘zbekiston U-17 terma jamoasi safida faol qatnashib, o‘z mahoratlari va kuch g‘ayratlarini namoyish etishlariga muvaffaqiyat va omad tilab qolamiz.

