"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

JAMOAMIZ KICHIK TAʼTILGA CHIQDI

 

Jamoamiz uchun Superliganing 15-turidagi “Xorazm”ga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyini birinchi davraning soʻnggi bahsi boʻldi. Shu sababli jamoamiz aʼzolari kichik taʼtilga chiqdilar.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik uchun rejalar ishlab chiqilgan boʻlib, Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoamiz 15 iyuldan yozgi yigʻinga kirishadi. Yig‘inlar davomida jamoamiz nazorat uchrashuvlari ham tashkilanadi.

Shuningdek, 1 iyuldan boshlab yozgi transfer oynasi ochilgan va hozirda tarkibni kuchaytirish borasida futbolchilar bilan qizgʻin muzokaralar olib borilmoqda.

 

Bizni kuzatishda davom eting!

Olg‘a Neftchi,  olg‘a Farg‘ona!

 

 

Улашинг: