Chor. Mar 12th, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

EFFIONG NSUNGUSI JAMOA BILAN XAYRLASHDI

 

Nigeriyalik taniqli futbolchi Effiong Nsungusi o‘tgan yili «Neftchi» klubiga kelib qo‘shilgan edi. Bir yil davomida jamoaning hujumkorlik harakatlarida faol qatnashib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yilgi mavsum oldidan boshqa jamoada faoliyat ko‘rsatish istagi borligini aytib, «Neftchi» bilan do‘stona xayrlashdi. Xayrlashish jarayonida jamoa rahbarlari va barcha jamoadoshlariga hamda muxlislariga chuqur minnatdorchilik bildirib, Farg‘onani hech qachon esdan chiqarmasligini izhor etdi. Rahbariyat ham unga mustahkam salomatlik va futbolchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

 

Улашинг: