Chor. Okt 23rd, 2024

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

Olmaliqdagi uchrashuv mezbon maqomida harakatlangan «Metallurg» jamoasi faolligi bilan boshlandi. Ular to‘pni deyarli birinchi bo‘lim o‘rtalarigacha nazorat ostida ushlab turishdi,lekin darvozamiz tomon zarba berishgacha borisholmadi. Keyin asta-sekinlik bilan tashabbus vakillarimizga o‘tdi va ular birin-ketin xavfli hujumlar uyushtirishga o‘tdilar. Lekin, jamoamizning ham ushbu urinishlari deyarli samarasiz bo‘lib chiqdi. Birinchi bo‘limda yagona xavfli vaziyat bekobodliklar tomonidan amalga oshirildi. 31-daqiqada Asadbek Sobirjonov olis masofadan kuchli zarba uloqtirgan edi. Lekin uning yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi va to‘p darvozamiz ustuni yonginasidan o‘tib, maydonni tark etdi. Shunday qilib teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi bo‘limda hisob ochilmadi va jamoalar 0:0 hisobida tanaffusga yo‘l oldilar.

Ikkinchi bo‘limda ssenariy o‘zgardi va endi o‘yindagi tashabbus va to‘p nazorati farg‘onaliklarga o‘tdi. Vakillarimiz bekobodliklar darvozasi tomon ancha xavf solishga urinib,bir qator chiroyli kombinasiyalarni uyushtirishdi va 71-daqiqaga kelib Quvondiq Ro‘zievning  chamasi 25-metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasini mezbonlar darvozaboni qiyinchilik bilan bo‘lsa ham ushlab olib, xavfni bartaraf etdi. O‘yinning 85-daqiqasida esa mezbonlar qarshi hujumda hisobni ochishga yaqin kelishgan edi. Bu vaziyatda darvozabonimiz bilan yakkama-yakka chiqqan Asadbek Sobirjonovning zarbasini Botirali Ergashev mohirlik bilan ushlab oldi.Ikkinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida esa har ikkala jamoaning barcha harakatlari samara bermadi va uchrashuv nursiz 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Superliga, 16-tur

«Metallurg» – «Neftchi» 0:0

15.08.2024. 18:00

OKMK sport majmuasi, Olmaliq

Bosh hakam: To‘rabek Suyunov

Yordamchi hakamlar: Shohrux Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Sardor Mirodilov

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Shohrux Said

«Metallurg» — 35.Rahimjon Davronov, 2.Odilbek Abdumajidov, 4.Kerim Palich, 5.Oleksandr Kucherenko, 6.Xudoyshukur Sattorov (88.Sirojiddin Qo‘ziev, 71), 7.Asadbek Sobirjonov (9.Zabihillo O‘rinboev, 90+2), 14.Abrorbek Toshqo‘ziev (99.Abbosbek Ergashboev, 62), 15.Azizbek Pirmuhammadov, 22.Shahzodbek G‘ofurbekov, 31.Marko Milichkovich (25.Shaxzodjon Ne’matjonov, 62), 98.Balsa Sekulich (10.Shaxzodbek Ubaydullaev, 71).

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 8.Iskandar Shayqulov, 10.Daler Sharipov, 19.Abubakr Ashurov

«Neftchi» 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo‘raboev, 4.Boyan Siger, 8.Sardor Abduraimov, 10.Javohir Qahramonov (17.Sanjar Qodirqulov, 59), 11.Shohruz Norxonov (77.Bilolxon Toshmirzaev, 59) 20.Anvarjon G‘ofurov, 22.Azizbek Amonov (9.Husain Norchaev, 75), 30.Quvondiq Ro‘ziev (99.Nsungusi Effiong, 75), 55.Manuchexr Safarov, 70.Abbosjon G‘ulomov

Zaxira: 45.Akbar To‘raev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 14.Xurshidbek Muxtorov, 21.Muxsinjon Ubaydullaev, 66.Doniyor Valiev.

Ogohlantirishlar: Shohruz Norxonov 53, Balsa Sekulich 61, Asadbek Sobirjonov 65, Anvarjon G‘ofurov 90+3

Chetlatish: Sanjar Qodirqulov 90+6.

Улашинг: