Jamoamiz 7 iyul sanasidan buyon Toshkentda bosh murabbiy Vitaliy Levchenko qo’l ostida o’quv-yig’in mashg’ulotlarga kirishgan edi, mashg’ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borildi, yangi murabbiylar shtabi mashg’ulotlar davomida asosiy urg’uni jismoniy xolatni yaxshilashga va jamoamiz o’yinni kuchaytirishga qaratishdi. Yig’in davomida jamoada bir qator futbolchilar ko’rikdan o’tkazildi, shuningdek jamoamiz nazorat uchrashuvlarida jami besh marotaba maydonga chiqishdi, birinchi o’rtoqlik nazorat uchrashuvida PRO liga vakili Sirdaryo viloyatining “Yangiyer-Quruvchi” PFK bilan belashib, uchrashuvda vakkilarimiz raqibni ishonchli 3:1 xisobida mag’lub etishdi , 17 iyul sanasida esa Jizzahning “Zomin” PFKni ham kichik hisobda 2:1 natijasi bilan mag’lub etishdi, 21 iyul kuni “Coca Cola” superligasi vakili Toshkentning “Lokomotiv” PFKni 3:1 hisobida yenga olishdi, shundan so’ng jamoamiz Ravshan Haydarov boshchligidagi O’zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi bilan jangovor 2:2 hisobida murosa ko’chasini tanlashdi, 25 iyul kuni esa PRO liga vakili Buhoroning “Buhoro” PFK bilan kuch sinashgan jamoamiz kichik 0:1 hisobida mag’lub bo’ldilar. Nazorat belashuvlarida darvozaga eng ko’p gol urgan futbolchi Izzatillo Abdullaev hisoblanadi uning hisobida uchta gol mavjud, Oybek Qilichev esa darvozaga ikki bor gol urish uddasidan chiqdi.
Jamoamiz poytaxtdagi o’quv yig’in mashg’ulotlari yakuniga yetdi, jamoamiz endi ikkinchi davraga tayyorgarlikning so’ngi bosqichini 28 iyul kunidan boshlab Farg’ona shahrida davom etiradi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.
Бошқа хабарлар
«NEFTCHI» — «NASAF» PREVYU
«NЕFTCHI» AFSONALARI TASHRIF BUYURISHDI
O‘RINBOSARLAR JAMOAMIZ MAG‘LUB BO‘LDI