Чт. Апр 25th, 2024

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

IKKI FUTBOLCHI BILAN SHARTNOMA IMZOLANDI

 

Jamoamiz ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazayotgani haqida xabaringiz bor, mashg‘ulotlar davomida jamoamiz murabbiylar shtabi bir qator yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazishdi va mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsata olgan futbolchilar bilan shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Jamoamiz tarkibida nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishga ulgirgan ikki futbolchi Nodirxon Ne’matxonov va Xumoyun Sherbo‘taevlar bilan klub 31.12.2023 yilgacha shartnoma imzolandi.

Tarkibga kelib qo‘ishilgan Nodirxon Ne’matxonov 21.06.2001 yilda tug‘ilgan bo‘lib, birinchi davrani PRO liga vakili «Sho‘rtan» tarkibida o‘tkazgan bo‘lsa, Xumoyun Sherbo‘taev 31.04.2001 yilda tug‘ilgan u shu kungacha «Olimpik» PFK tarkibida maydonga tushgan.

 

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: