Пт. Мар 29th, 2024

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

JAMOAMIZ IKKINCHI O‘RTOQLIK UCHRASHUVIDA HAM G‘ALABA QOZONDI.

 

Bugun jamoamiz poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionining zahira maydonida Pro liga vakili Jizzahning «Zomin» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv klub rasmiy saytining «Youtube» tarmog‘ida jonli efirda namoyish etildi

Uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi, dastlab birinchi bo‘limda Zominliklar darvozamiz tomonga hujum uyishtirib, gol urishga muvaffaq bo‘lishdi Zominliklar tarkibida Diyor Yunusov himoyachimiz xatosidan unumli foydalandi, jamoamiz o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng birin ketin hujumlar uyishtira boshlashdi, biroq ko‘p vaziyatlarda raqib darvazaboni mahoratini ko‘rsatgan bo‘lsa aksar vaziyatlarda jamoamizga omad yetishmadi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz bosh murabbiyi Vitaliy Grigorievich tarkibini to‘liq alishtirib, ko‘proq yoshlarga imkoniyat berdi bu esa

o‘z samarasini berib, dastlab Sunnat Abdulajonov gol urib hisobni tenglashtirdi, Izzatillo Abdullaevning o‘yin so‘ngida urgan goli jamoamizga g‘alabani taqdim etdi.

Bugungi uchrashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda boshladi:

45 A. To‘raev

20 Z. Jo‘raboyev

44 D. Stanoevich

31 A. Mishenko

21 M. Ubaydullaev

17 A. Olimov

6 S. Qo‘ziev

7 O. Qilichev

19 M. G‘ofurov

99 U. Xoshimov

10 Sh. Ubaydullaev

 

Zahiradagilar:

 

M. Muhammadjonov

Sh. Rahmonov

J. Qobulov

Sh. Hojimatov

Nematxonov

U. Adhamzoda

X. Sherbo‘taev

I. Abdullaev

Sh. Karimov

D. Madaminov

S. Abdullajonov

D.Valiev

Jamoamiz tarkibida bir qator futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda.

«Neftchi» PFK Matbuot xizmati

Улашинг: