Чт. Мар 28th, 2024

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

Aziz Alijonov «Neftchi» U-21 bosh murabbiyi! 

Jamoamiz muhlislarining ko‘plab talab va iltimoslariga va Farg‘ona viloyati hokimi, Farg‘ona futbol assotsiatsiya prezidenti Xayrullo Bozorovning topshiriqlariga asosan jamoamiz sobiq murabbiyi Azizbek Alijonov «Neftchi» U-21 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Aziz Alijonov 2021 yilgi O‘zbekiston U-18 chempionatida jamoamiz bilan musobaqada g‘olib chiqqan edi, lekin ma’lum sabablarga ko‘ra yangi mavsumda murabbiy «Bunyodkor» klubi yoshlar jamoasi murabbiylar shtabiga chaqirilgandi.

Aziz Alijonovga omad tilagan holda mavsumda jamoasi bilan birga shoxsupaning yuqori o‘rinlarini egalashlariga tilakdoshmiz!

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: