Jamoamiz Poytaxtdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari olib borayotgani haqida ma’lumotlar bergan edik, shu fursatdan foydalanib jamoamiz himoyachisi Muhsin Ubaydullaev bilan suhbat uyushtirdik.
Bugungi o‘yin va birinchi davra haqida firklaringizni o‘rtoqlashsangiz?
— Oʻyinimiz yomon boʻlmadi, tayyorgarlik rosa qizgʻin pallaga kirdi. Ikkinchi davraga Yangi murabbiy qoʻl ostida yangi mashgʻulotlar bilan tayyorgarlik olib boryapmiz. Birinchi davradagi xatolarni ikkinchi davrada takrorlamasdan muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz, yarim mavsumni Yaypandagi «O‘zbekiston » stadionida oʻtkazdik, endi hudo hohlasa ikkinchi davrani oʻz uyimizda «Istiqlol» stadionida oʻtkazamiz va muhlislarimizni qoʻllab quvvatlashi bizni quyi oʻrinlardan chiqib ketishimizga yordam beradi deb o‘ylayman.
Jamoaga yangi murabbiy kelgandan soʻng oʻyinda qandaydir taktik jihatdan oʻzgarishlar sezdingizmi?
— Albatta hamma murabbiyni oʻz taktik uslubi bor, hudo hohlasa ikkinchi davra boshlansa oʻyinlarda oʻzlaring guvoh boʻlasizlar
Vitaliy Levchenko koʻproq himoyaga urgʻu bermoqda ximoyadan hujumga oʻtish uslubi sizga yanada masʼuliyat yuklashi mumkinmi?
Biz hozircha himoyaviy oʻyin koʻrsatmadik. Umuman bugun tanaffusdan soʻng birinchi oyinimiz va yaxshi tomonga oʻzgartirishlar bor.
Muxlislarga tilaklaringiz?
Bizni qoʻllab quvvatlashda va bizga ishonishda davom etishlarini hohlardim. Hammaga omad, muhlislar sogʻ salomat bo‘lishsin.
«NEFTCHI» MATBUOT XIZMATI
Бошқа хабарлар
SAFARDA DURANG
«SURXON» — «NЕFTCHI» PRЕVIYU
SAMARQANDDAGI UCHRASHUVNI IBROHIM ISMOILOV BOSHQARIB BORADI