Пт. Мар 29th, 2024

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

NAZORAT UCHRASHUVIDA ISHONCHLI GʻALABA

 

Bugun jamoamiz poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionining zahira maydonida Pro liga vakili Yangiyerning «Yangier-Quruvchi» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv klub rasmiy saytining «Youtube» tarmog‘ida jonli efirda namoyish etildi.

Uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi, dastlab birinchi bo‘limda Yangiyerliklar darvozamiz tomonga hujum uyishtirib, gol urishga muvaffaq bo‘lishdi, jamoamiz o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng birin ketin hujumlar uyishtira boshlashdi, hujumlar o‘z samarasini berib, dastlab Izzatulla Abdullaev gol urgan bo‘lsa, lutfullo To‘raev va Sirojiddin Qo‘ziev jamoamizga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.

Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar asosan maydon markazida harakat qilishdi, lekin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

 

Jamoamiz birinchi bo‘limda: A. To‘raev, A. G‘ulomov, Z. Jo‘raboyev, D. Jo‘rayev, M. G‘ofurov, L. To‘raev, S. Qo‘ziev, O. Qilichev, U. Adhamzoda, I. Abdullaev, U. Xoshimov.

 

Zahiradan maydonga tushdi: M. Muhammadjonov, M. Ubaydullaev, Sh. Hojimatov, D. Valiev, A. Olimov, D. Madaminov, Sherbo‘taev, Abdullajonov, Sh. Karimov, Sh. Ubaydullaev.

 

«Neftchi» PFK Matbuot xizmati

Улашинг: