Ср. Апр 24th, 2024

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

TARKIBGA TOJIKISTON TERMA JAMOASI AʼZOSI KELIB QOʻSHILDI

 

Jamoamiz o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini poytaxtimizda olib borayotganligidan xabaringiz bor.

O‘quv yig‘in mashg‘ulotlari davomida jamoamizda bir qator futbolchilar ko‘rigdan o‘tayotgani haqida ma’lumotlar berib borilmoqda. Bugun ham jamoa ko‘rigiga Tojikistonlik himoyachi Zoir Jo‘raboyev kelib qo‘shildi, Jo‘raboyev birinchi davra o‘yinlarida Termizning «Surxon» klubida to‘p surgan va 9 ta uchrashuvda maydonga chiqib 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Jamoamiz ximoya

chizig‘ida muammolarni borligini inobatga olgan jamoamiz bosh murabbiyi V. Levchenko ushbu futbolchilani tarkibga jalb qilgan.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati.

Улашинг: